O‘ZBEKISTON ROSSIYA IQTISODIY-SIYOSIY ALOQALARI

hamkorlik, eksport, siyosat, madaniyat, iqtisod, mehnat migratsiyasi, ta’lim, fan, madaniyat, diplomatik aloqalar, savdo-sotiq, sanoat hamkorligi, investitsiya.

Mualliflar

  • Elyor NABIYEV, Urganch davlat pedagogika instituti dotsenti v.b., PhD , Uzbekistan

Maqolada O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlikning qariyb o‘ttiz yillik davri mobaynida savdo, iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat hamda boshqa sohalarda tuzilgan ikki yuzdan ziyod ikki tomonlama hujjatlar muhim asos bo‘lganligi, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorligining barcha jabhasi bo‘yicha ishonchli, ochiq muloqotda uchrashuvlarning natijadorligi qayd etilgan. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy aloqalar tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, mustaqil O‘zbekistonning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ikkala davlatning iqtisodiy hamkorligi va siyosiy munosabatlari ko‘p jihatdan o‘zaro manfaatlar asosida qurilgan.