INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA ANTROPONIMIK KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR SHAKLLANISHINING KOGNITIV MEXANIZMLARI

antroponim komponentli frazeologik birlik, kognitiv talqin, konseptual tizim, kognitiv faoliyat, assotsiativ ma’no, ensiklopedik axborot.

Mualliflar

  • Umarjon GʻOYIBOV Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Frazeologik birlik bu – muayyan darajada majoziy ma’noga ega boʻlgan yagona semantik doiraga biriktirilgan ikki va undan ortiq soʻz komponentlaridan iborat til birligidir. Misol tariqasida a shoulder to cry on, since Adam was a boy, Bazmi Jamshid, koʻz qiri kabilarni kiritishimiz mumkin. Ingliz va oʻzbek tillari frazeologik birliklar tizimida antroponimlar, boshqacha soʻz bilan aytganda, kishining atoqli otlari qoʻllanilishi inson kognitiv faoliyati mahsuli sanaladi. Ushbu maqolada esa ingliz va oʻzbek tillari frazeologik birliklarida onomastik komponent sifatida ishtirok etgan antroponimlar kognitiv aspektda muhokama qilinib, ularga munosabat bildirilgan