O‘ZBEK TILIDA MUROJAAT SHAKLLARINING HUDUDIY XOSLANISHI

murojaat shakllari, murojaat birliklari, o‘zbek tili shevalari, lahja, sheva, dialekt, shevaga oid so‘zlar, hududiy xoslangan murojaat shakllari.

Mualliflar

  • Dildora PULATOVA Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, PhD , Uzbekistan

Ushbu maqolada o‘zbek tili dialektlarini o‘rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Murojaat shakllarining hududiy xoslanishi, qarindoshlik giponimlari, umumtilga va shevaga xos murojaat shakllari haqida mulohazalar yuritilgan. Shevaga oid murojaat shakllari fonetik, leksik-semantik va grammatik jihatdan turli variantlarda namoyon bo‘lishi, leksik jihatdan hududiy xoslik so‘zning semantikasi, strukturasi bilan aloqador ekanligi bayon qilingan hamda hududiy xoslangan murojaat shakllari misollar orqali tahlil qilingan.