TILSHUNOSLIKDA QISQARTMALAR VA ULARNING TO‘LIQ SHAKLI O‘RTASIDAGI MUNOSABAT

qisqartma so‘zlar, abbreviatsiya, tipologiya, sistemosentrizm, antrosentrizm

Mualliflar

  • Gavhar SALOMOVA Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsent v.b., PhD , Uzbekistan

Mazkur maqola dunyo tilshunosligida qisqartma so‘zlar, ularning so‘z birikmalari va birikma nomlarni almashtirish vazifalarini aniqlash, qisqartmalarning yuzaga kelish yo‘llarini tipologik aspektda tavsiflash, qisqartmalarning birikma nomlardagi ma’noni bera olish jihatlarini ilmiy asoslash, rasmiy, badiiy va publitsistik uslublarda qo‘llanishini o‘rganish asosiy vazifa bo‘lib keldi. Keyingi tadqiqotlarda esa qisqartmalarni ilmiy va rasmiy matnlarda to‘laqonli qo‘llanishini lingvistik asoslash, bunday matnlarni ixchamlashtirishda qisqartmalardan foydalanish usullarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda.