CHET TILLARDAN O‘ZLASHGAN SO‘ZLAR VA ULARNING O‘ZBEK TILI LUG‘AT TARKIBINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

lug‘at tarkibi, o‘zlashgan so‘zlar, tarixiy leksikologiya, ijtimoiy omillar, siyosiy omillar, madaniy omillar, semantik guruh.

Mualliflar

  • Sobir XAMZAYEV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, PhD , Uzbekistan

Mazkur maqola o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi so‘zlar, ularning kelib chiqish manbalari haqida bo‘lib, unda chet tillardan o‘zlashgan so‘zlarning o‘zbek tili lug‘at tarkibining shakllanishi va rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada ta’kidlanishicha, o‘zbek tili rivojlanish tarixining turli davrlarida asosan arab, fors-tojik va rus tillaridan, shuningdek rus tili orqali ingliz tilidan so‘zlar o‘zlashtirilgan. Hozirgi davrda esa to‘gridan-to‘g‘ri ingliz tilidan so‘zlar o‘zlashtirilishi jadal tarzda sodir bo‘lmoqda.