«YUMSHOQ KUCH» XARAKTERIDAGI MAFKURAVIY TAHDIDLAR: «OMMAVIY MADANIYAT» VA «OVERTON TUYNIGI» KONSEPSIYASI

«Ommaviy madaniyat», «overton tuynigi», kitch, vandalizm, nigilizm, starizm, xeppining, emo, got, beatnik, mod, «tabu», g‘oya, mafkura.

Mualliflar

  • Davlatjon MAMATKULOV O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, Falsafa fanlari doktori (DSc) , Uzbekistan

Mazkur maqolada globallashuv va axborot aylanishi jadallashgan bugungi sharoitida mafkuraviy tahdid turlaridan biri bo‘lgan «ommaviy madaniyat» hamda mana shunday tahdidlarni keng ko‘lamli ta’sir kuchiga aylanishida o‘ziga xos rol o‘ynovchi «overton tuynigi» konsepsiyasi haqida so‘z boradi. Maqolada «ommaviy madaniyat» va «overton tuynigi» tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy tahlili va ularning mazmun-mohiyati tahlil etilgan. Shuningdek, «ommaviy madaniyat» va «overton tuynigi»ning nomoyon bo‘lish shakli, turlari, bosqichlari hamda ularning o‘zaro aloqadorligi masalasi o‘ziga xos yondashuv asosida o‘rganilib, mazkur tahdidlarni oldini olishga oid taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.