INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA OLAMNING FRAZEOLOGIK MANZARASIDA GENDER KONSEPTLARINING SHAKLLANISHI

gender, lingvistika, ibora, turg‘un birikma, stereotip, ayo, erkak

Mualliflar

Mazkur maqola ingliz va o‘zbek tillarida gender mavzusidagi frazeologizmlarga bag‘ishlangan bo‟lib unda, har ikkala tilda mavjud bo‘lgan frazeologizmlar va ularning structural va semantic tadqiqi, olimlarning bildirgan fikrlari tahlil qilinadi. Kirish qismi ushbu maqolaning umumiy mazmunini ochib beradi. Bunda gender muammosiga to‘xtalib o‘tilgan. Adabiyotlar tahlili qismida qaysi o‘zbek va ingliz tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilgan manba adabiyotlar to‘g‘risida fikr yuriladi. Metodlar va nazariy asoslar qismida gender muammosiga umumiy ta’rif beriladi. Genderlingvistika tilshunoslikdagi zamonaviy yo‘nalishlardan biri sifatida rivojlanib kelmoqda. Hozirgi davr tilshunosligida gumanitar fanlar qatorida insonning, ya’ni erkak va ayolning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning ruhiy olami va tili ijtimoiy, madaniy xususiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq qiluvchi genderlingvistika fani muhim bo‘lib bormoqda. Genderlingvistikaning shakllanishi XX asrning so‘nggi yillariga to‘g„ri keladi.