FIZIK BAKALAVR YO‘NALISHI TALABALARINI LOYIHAVIY FAOLIYАTGA TAYYORLASHDA FIZIK MASALALARNING AHAMIYATI

Oliy ta’lim, talaba, loyihaviy faoliyat, fizika, amaliy mashg‘ulot, epistemik bilim, muammo, qarshilik kuchi, tezlik, kinetik energiya.

Mualliflar

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida talabalarda mustaqil ta’lim olish, kreativ fikrlash, tizimli tahlil qilish kabi qobiliyatlarini kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish kabi muammolar dolzarb hisoblanadi. Oliy ta’limda talabalarni loyihaviy faoliyat olib borishga tayyorlash orqali ushbu fazilatlar shakllanadi bunda asosiy e’tiborni masala ishlash va mustaqil ta’limga qaratib, ularni uzviy bog‘liqligini ta’minlash zarur. Maqolada talabalar loyihaviy faoliyatni samarali amalga oshirishlari uchun ishlab
chiqarilgan ta’lim traektoriyasida fizikadan amaliy mashg‘ulotlarda foydalaniladigan masalalar tarkibiga katta ahamiyat beriladi. Shuni hisobga olib ushbu ishimizda qanday fizik masalalardan foydalanilganda yuqori samaradorlikka erishish usullari ko‘rsatib berilgan.