QASHQADARYO VILOYATINING TIBBIY GEOGRAFIK XUSUSIYALARI

Tibbiyot geografiyasi, aholining umumiy kasallanishi, ekologik vaziyat, inson salomatligi, atrof-muhit, iqlim oʻzgarishi, oʻlim.

Mualliflar

Maʼlumki, aholi salomatligi va kasallanish koʻrsatkichlari hududlarning tabiiy-ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitga, ayniqsa atrof-muhitning ekologik vaziyatiga bogʻliq. Ayniqsa, bugungi kunda respublikamizning oʻziga xos geografik tafovutlarga ega viloyatlarida aholi salomatligi bilan bogʻliq qator muammolar yuzaga kelmoqdaki ularni ilmiy jihatdan oʻrganish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi.Tadqiqot obyekti hisoblangan Qashqadaryo viloyatining tabiiy va iqtisodiyijtimoiy xususiyatlari bilan respublikamizda alohida ajralib turadi. Viloyatda, ovqat hazm qilish, qon aylanish tizimi, qon va qon hosil qiluvchi aʼzolari hamda immun tizimi xastaliklari yetakchilik qiladi