XITOZAN ASOSIDA OLINGAN POLIMER KOMPOZITIDA MIS (II) IONI SORBSIYASINING FIZIK KIMYOVIY XOSSALARI

xitozan, polimer kompozit, mis ioni, konsentrasiya, sorbsiya, kinetika, spektroskopiya

Mualliflar

Maxalliy xomasho (Calliptamus italicus L.)dan olingan xitozan va u asosida statik almashinuv sig‘imi (SAS) 2,43 mg-ekv/g ga teng bo‘lgan polimer kompozitsion sorbent sintez qilindi. Sintez qilingan sorbentga Cu(II) ionlari sorbsiyasini o‘rganishda UVVis- va IQ-spektr, hamda rentgenoflyuresent fizik-kimyoviy tahlil usullari tadqiq qilindi. Sorbsiya jaroyoniga eritmaning pH, konsentrasiya va vaqtga bog‘liqligi o‘rganildi.