PIROLIZ JARAYONI VAQTIDA BIOKO’MIR OLISH XUSUSIYATLARINI TEKSHIRISH VA ARZON XARAJATDAGI ADSORBENT OLIB QO‘LLASH

bioko'mir, adsorbsiya, sorbsiya qobiliyati, piroliz, bioko'mir texnologiyasi, biomassa manbalari.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda Toshkent shahri, Olmozor tumanidagi gavjum ko‘chalardan biri Sag‘bon kichik xalqa chorrahasi yo‘li bo‘ylab yashil maydonlardan ma’lum vaqt oralig‘ida manjur darxt barglari va archa konus chiqindi qoldiqlari paydo bo‘ladi. Yig’ib olingan barg va archa chiqindilarni yuqori qismini bekorchi moddalardan tozalab olish uchun texnik suv bilan yuviladi.Shuningdek 1 kun davomida ochiq quyoshda qurutiladi.Qurugandan so’ng peroliz pechimizga solib uni 270 daqiqada 350 xaroartdan 450 ° C xaroratgacha bo'lgan haroratda biomassaning piroliz pechimiz ichida bioko’mirga aylanadi. Bioko’mirga aylangandan so’ng 10 atmosfera bosimida issiq bug' bilan bir vaqtning o'zida faollashuv jarayoni makro g'ovakli bioko'mirga olib keldi. Piroliz jarayonida aralash gazlar kondensat usulida suvli sovutgich orqali tomchilab yig‘ilgan va olingan ma’lumotlar o‘rganilmoqda. Uglerod (C), kul miqdori (%) o'ziga xos sirt maydoni va g'ovakligi, adsorbsiya qobiliyati kabi ba'zi xususiyatlar Brauner-Teller-Emmit tenglamasi bo'yicha o'rganildi. Manjur daraxt barglaridan tayyorlangan bioko'mir past uglerodli tarkibga va yuqori kulga ega. Olingan bioko‘mirni laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazdik