SEMIOTIK DISKURSDA BELGI VA SIMVOL O‘RTASIDAGI FALSAFIY-SEMANTIK MUTANOSIBLIKLAR

Semiotika, semantika, belgi, simvol, diskurs, farqlash, ma’no, talqin, kontseptualizatsiya, til tuzilmasi, belgi tizimlari.

Mualliflar

Ushbu maqola semiotika fanining asosiy tushunchalariga chuqur tahlil beradi, belgi va simvol o‘rtasidagi farqlarga eʼtibor qaratadi. Maqolada ushbu kategoriyalarning falsafiy asoslari ko‘rib chiqilib, ularning semantik va madaniy funksiyalari inson muloqoti va idroki kontekstida ochib beriladi. Muallif belgi tizimlarini tadqiq qilib, belgilarni bevosita ob’ekt yoki hodisalarga ishora qiluvchi belgilar sifatida, simvollar esa madaniy va tarixiy kontekst bilan belgilanadigan murakkab, ko‘p qatlamli maʼnolarni tashuvchi sifatida ajratadi. Matnlar va vizual obrazlar talqiniga taʼsir qiluvchi farqlar, shuningdek, semiotik diskurs maydonida maʼno shakllanishidagi o‘rni baholanadi. Belgilar va simvollarni ajratib turuvchi chegaralarni, shuningdek, epistemologik tushuncha chegaralarini o‘rganish semiotik jarayonlarning o‘ziga xosligini aniqlashga, til falsafasi, madaniy semiotika va multidisiplinar tadqiqotlar sohasida kelajakdagi izlanishlar uchun asos yaratadi.