AHOLI MANZILGOHLARINI XARITAGA OLISH

aholi manzilgohi (punkti), shahar, qishloq, xarita, xaritaga olish, xarita mazmuni, masshtab, kartografik tasvirlash usuli.

Mualliflar

Aholi manzilgohlari geografik va kartografik tadqiqotlarda murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida qaraladi. Aholi manzilgohlari, ayniqsa shaharlar to‘rining rivojlanishi, murakkab shahar tuzilmalarining paydo bo‘lishi aholi sonining o‘sib borishi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Aholi manzilgohlari mamlakat va hududlar iqtisodiyotining o‘sish qutb va markazlari ham hisoblanadi. Shu bilan birga ular iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va siyosiy salohiyatni ma’lum bir hududda to‘planishini ta’minlaydi. Ularni boshqarish, shu bilan bir paytda ekologik va boshqa muammolarning keskinlashuvi aholi manzilgohlarini xaritaga olish va shu orqali mavjud muammolarni hal etish zaruriyatini tug‘diradi. Shu jihatdan, ushbu maqolada aholi manzilgohlarini xaritaga olishning ayrim xususiyatlari ochib berilgan.