METASOMATIK O‘ZGARGAN ANDEZITLAR, DIABAZLAR VA KREMNIY-KARBONATLI TOG‘ JINSLARI (ChOTQOL TOG‘ TIZMASINING JANUBI-G‘ARBIY QISMI CHAPCHA-KESKIN SOYI)

Chapcha-keskin, oksidlangan jinslar, ikkilamchi minerallar, gipogen minerallashuv, Bobaytog intruziyasi, metasomatit, diabazli dik, xlorlangan, kvarts tomirlar, sulfidlar.

Mualliflar

Jahon amaliyotida nurash po‘sti va oksidlanish zonalarining geokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda, chunki bu bashoratlash va qidirish, baholash ishlarining asosiy mezonlari bo‘lib, ular geologik tuzilish va noyob yer elementlarining mineralogikgeokimyoviy xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashga asoslangan. Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federasiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi singari dunyoning rivojlangan mamlakatlarida nurash po‘sti va oksidlanish zonalarining geologik tuzilishi, oksidlanishning mineral tarkibli zonalari va ularning elementlarini tashkil etuvchi minerallar tarqalishining geokimyoviy xususiyatlari shakllanishiga olib kelgan uzluksiz formasiyalar rivojlanishi uchun paleogeografik sharoitlarni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda, bu yashirin mineralizasiya chuqurlikda rivojlanish ehtimolini bashorat qilish, qidirish, baholash belgilaridir. Shu munosabat bilan, nurash po‘sti va oksidlanish zonalarining mineralogik va geokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish noyob va qimmatbaho metallarning hosil bo‘lish maydonlari istiqbollarini ilmiy asoslash imkonini beradi.