KREDIT TIZIMI ASOSIDA TA’LIM JARAYONLARINI TASHKIL ETISH

Kredit-modul, ECTS, USCS, SATS, UMAP, UCTS, Kredit soat, bakalavr, magistr, GPA, ERASMUS, tyutor va talaba, syllabus, lektor, edvayzer, moderator.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqolada O‘zbekistondagi ta’lim tizimini 2016 yildan keyingi rivojlanish bosqichlari xalqaro tan olingan ta’lim tizimlarini o‘rganish asnosida tahlil qilingan. Shu bilan birgalikda mamlakatimizdagi normativ hujjatlar va umume’tirof etilgan kredit tizimlari o‘rganilgan. Ulardagi tuzilmalar o‘rganilib bizni ta’lim tizimimizga mos jihatlari yoritilgan.

Yurtimizdagi oxirgi yillardagi ta’limga berilayotgan keng ko’lamli islohatlar oliy ta’lim tizimini jahon talablari darajasidagi o‘qitish tizimi asnosida olib borilishi borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu nuqta’yi nazardan hozirgi kunda dunyoda keng miqyosda qo‘llanilayotgan ta’lim tizimlari bu Yevropa kredit tizimi, AQShning ta’lim tizimi, Britaniya va Okeaniya kredit tizimlari tarixi ularda olib borilayotgan jarayonlar ilmiy asoslar va manbalar asosida o‘rganilib yoritishga harakat qilingan.

Maqolani yoritishda kreditlarga ajratilgan soatlar ularni o‘zlashtirish tartibi hamda kreditlarni to‘plash, eng asosiy jihatlaridan biri bakalavr va magistraturada o‘qish davriligi va bu davrda to‘planadigan kreditlar miqdorlari ham bir qancha manbalar asosida yoritilgan.