MAVHUM OTLARNING SEMANTIK TALQINI: XITOY, O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA

Mavhum otlar, xitoy tili, o‘zbek tili, ingliz tili, semantika, madaniy xususiyatlar, lingvistik tahlil.

Mualliflar

  • Shaxnoza XAKIMOVA Azamat JABBOROV O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xitoy filologiyasi kafedra mudiri, PhD,O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi , Uzbekistan

Ushbu maqola xitoy, o‘zbek va ingliz tillarida mavhum otlarning semantik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Mavhum otlar tilning muhim qismidir, chunki ular abstrakt tushunchalar va ma’naviy holatlarni ifodalaydi. Maqolada xitoy tilidagi mavhum otlarning qisqa va ko‘p ma’noli bo‘lishi, o‘zbek tilidagi mavhum otlarning madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, ingliz tilidagi aniqlik va spetsifiklik xususiyatlari tahlil qilingan. Tillar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni o‘rganish orqali mavhum otlarning semantik tahlili madaniy va lingvistik boyliklarni aniqlashga yordam beradi