FOLKLORIZMNING IJODIY JARAYONLARDAGI AHAMIYATI VA UNING QO‘LLANILISHI

FOLKLORIZMNING IJODIY JARAYONLARDAGI AHAMIYATI VA UNING QO‘LLANILISHI

Mualliflar

Ushbu maqola folklorizmning ijodiy jarayonlardagi ahamiyati va uning adabiy asarlar yaratilishida qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Folklorizm milliy madaniyat va an’analarni adabiyotda aks ettirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada folklorizmning nafaqat adabiy asarlar yaratilishidagi, balki ularning badiiy-estetik qiymatini oshirishdagi o‘rni ham tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy merosning zamonaviy adabiy ijodda qayta talqini va yangicha qiyofada aks etishi ko‘rib chiqiladi. Folklorizm an’anaviy madaniyatni saqlash va uni yangi avlodga yetkazish uchun qudratli vosita sifatida tadqiq etiladi.