MAHDUMI A’ZAM DAHBEDIY QALAMIGA MANSUB “MAJMUAT UR-RASOIL” ASARI QO‘LYOZMA NUSXALARI MATNIY TADQIQI (2352 RAQAMLI QO‘LYOZMA NUSXA ASOSIDA)
##submission.downloads##
XV asr oxiri XVI asrlarda O‘rta Osiyoda bir qancha siyosiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda, o‘ziga xos adabiy muhit vujudga keldi. Bunda mamlakat ijodkorlarini o‘z atrofida jamlanishini ta’minlashga doimiy intilgan temuriy hukmdorlar, keying bosqichlarda esa Shayboniylar bevosita ijodkorlarning eng katta homiysi sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Ushbu sulolalarning sa’y harakatlari natijasida yangi ijod maktabi yaratilishi ko‘plab asarlarning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, tasavvuf yo‘nalishida yozilgan didaktik asarlar xozirgi kunga qadar dolbzarbligini yo‘qotmagan. O‘z ichida tasavvufiy didaktik ruhda yozilgan 29 risolani qamrab olgan “Majmuat ur-rasoil” asaridan o‘rin olgan. E’tiborli jihati shundaki, “Majmuat ur-rasoil” tazkirasi yaratilguniga qadar O‘rta Osiyo adabiy muhiti, undagi tasavvufiy qarashlar, xususida mukammal ma’lumotlarni o‘zida saqlagan biror majmua yoki tazkira kuzatilmaydi. Shu nuqtai nazardan Jaloliddin Kosoniy Dahbediy hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlarga ushbu asardan o‘rin ajratilgani, shoirning mazkur adabiy muhitda tutgan o‘ziga xos o‘rnidan darak beradi, deyish mumkin. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda ushbu maqolada “Majmuat ur-rasoil” asarining tayanch qo‘lyozma nusxalarining matniy tadqiqi xususida muxtasar ma’lumotlar berilgan.
Abdullayev V., O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. 4-tom. –Toshkent: Fan, 1980. B-384.
Abu rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Asosiy fond, Inv 2352
Abu Rayhon beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, asosiy fond. Inv 10626






.jpg)

.png)





