“MAKORIM UL-AXLOQ” – BIOGRAFIK XARAKTERDAGI ASAR

Alisher Navoiyning hayot yo‘li, kitobxon, “Makorim ul-axloq” asari, xotira, zamondoshlar fikri, didaktik dostonlar, biografik ma’lumotlar.

Mualliflar

Ushbu maqolamizda, Hazrat Navoiyning umr yo‘lini o‘rganishga bag‘ishlangan “Makorim ul-axloq” asaridagi biografik xarakterga ega o‘rinlarni tahlil qildik. “Makorim ul-axloq” (“Oliyjanob xulqlar”) buyuk bobomiz Alisher Navoiyga minnatdorchilik ramzi sifatida yozilgan asar bo‘lib, Xondamir Navoiy vafot etib qolganligi sababli kitobni taqdim etishga ulgurmay qolgan. “Makorim ul-axloq”da Xondamir Navoiyning yuksak insoniy fazilati, olijanob axloqi, asarlari, uning tashabbusi bilan qurilgan binolar, unga zamondosh shoir, olim va fozil kishilar, shuningdek, Xurosonning oʻsha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Navoiy bilan Husayn Boyqaro orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi.