INGLIZ MADANIYATIDA MOSLASHUVCHAN MULOQOTNING KOGNITIV QIRRALARI

INGLIZ MADANIYATIDA MOSLASHUVCHAN MULOQOTNING KOGNITIV QIRRALARI

Mualliflar

Maqolada ingliz lisoniy madaniyatida moslashuvchan muloqotning kognitiv qirralari o‘rganilib, turli his-tuyg‘ularni ifodalash usullari batafsil yoritiladi. Ingliz romanlaridan tanlanib olingan badiiy matnlar tahlilining ko‘rsatishicha, moslashuvchan muloqot o‘zaro tushunish, hurmat, sabr-toqat, ishonch, moslashuvchanlik, faol tinglash, ijobiylik kabi tuyg‘ularni qamrab olib, tinglovchini chuqurroq fikrlashga va o‘z fikrlarini kengroq ifodalashga yordam beradi. Muloqot jarayonida bildirilgan noanik fikrlar tinglovchining histuyg‘ularini yaxshiroq anglab olishga zamin tayyorlaydi, tinglovchini yangi g‘oya va qarashlarni bildirishga undaydi, muammolarni chuquroq tahlil qilish va turli yechimlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Tahlil etilgan misollar aynan shu nuqtai nazardan kommunikativ moslashuvchanlikni yaratish muloqot ishtirokchilarining kognitiv va madaniy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini namoyon etadi.