QADIMGI MINGTEPA MAROSIMLARI HAQIDA (ANDIJON VILOYATI MARHAMAT TUMANI MINGTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGIDAN TOPILGAN ARXEOLOGIK TOPILMALAR ASOSIDA)

Qadimgi Farg‘ona (Davan, Day-yuan) davlati, Mingtepa shahri, G‘arbiy Xan davlati, Sima Syan, “Tarixiy xotiralar” asari, Aravon qoyatosh suratlari, Mingtepa shahridan topilgan moddiy ashyolar, Zardushtiylik, “Sariq ajdar hamlasi” tarixiy romani, “Qizquvdi” marosimi.

Mualliflar

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida qadimiy milliy marosimlari, urf odatlari va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, maqolada Farg‘ona vodiysi antik shaharlaridan biri Mingtepa shahri tarixi va O‘zbekiston tarixini yoritishda o‘ziga xos o‘ringa ega ekanligi haqida fikrlar ham bildirilgan. Mingtepa (Ershi) arxeologiya yodgorligidan topilgan moddiy ashyolar orqali qadimiy ajdodlarimizning urf-odatlari, diniy va milliy marosimlari haqida, ushbu marosimlarning vodiy axolisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri bayon etilgan.