«THE SHINING» ASARINING MAGIK REALIZM DOIRASIDA TAHLILI

Stephen King, The Shining, magik realizm, Overluk mehmonxonasi, telepatiya, yovuzlik, ruhiy ziddiyat, ichki qo‘rquvlar, Jek Torrens, Denni Torrens.

Mualliflar

  • Ulug‘bek OCHILOV Buxoro davlat universiteti dotsenti, PhD, Osiyo Xalqaro Universiteti doktoranti , Uzbekistan

Stephen Kingning «The Shining» asari magik realizmning yorqin namunasi bo‘lib, unda oddiy hayot va mistik dunyo uyg‘unlashadi. Asarda Overluk mehmonxonasidagi yovuz kuchlar insonning ichki ziddiyatlari, oilaviy munosabatlari va ruhiy o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda tasvirlanadi. Magik realizm uslubi orqali asarda oddiy hayotga mistik aralashuv, tush va reallik o‘rtasidagi chegaralarning xiralashuvi, ezgu va yovuz kuchlar o‘rtasidagi kurash hamda oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydigan narsalarning mavjudligi yoritiladi. Ushbu asar insonning ichki qo‘rquvlarini, ularning g‘ayritabiiy kuchlar bilan aloqasini va ruhiy o‘zgarishlarini ko‘rsatadi.