NEMIS YOSHLARI NUTQIDA TILNING ETNOLEKTAL SHAKLLARI

Etnolekt, migratsiya, ko‘p tillilik, yoshlar nutqi, Türkendeutsch, lingvistik o‘zgarishlar, identifikatsiya, madaniy xilmaxillik, Kiezdeutsch, sotsiolekt.

Mualliflar

Mazkur maqolada yoshlar nutqida nemis tilining etnolektal shakllari chuqur tahlil qilinib, ushbu til hodisasi identifikatsiya va ijtimoiy muloqot jarayonlari bilan qanday bog‘liq ekani o‘rganilgan. Tadqiqotda etnolekt tushunchasi, uning turli avlod migrant yoshlar tomonidan qanday shakllarda qo‘llanilishi va bu jarayonning ijtimoiy hamda madaniy jihatlari atroflicha muhokama qilingan. Shuningdek, maqolada etnolektal shakllarning ijtimoiy chegaralarni belgilash yoki aksincha, yangi muloqot imkoniyatlarini yaratish vositasi sifatida qanday ishlatilishi muhokama qilingan. Kelgusida etnolektlarning rivojlanishi, ularning yoshlar identifikatsiyasiga ta’siri va migrant avlodlar o‘rtasida qanday o‘zgarishlarga uchrayotganini yanada chuqurroq tadqiq qilish zarurligini ta’kidlab o‘tilgan.