YURIDIK TERMINOSISTEMA BIRLIKLARINING SEMANTIK O‘ZIGA XOSLIGI

Yuridik terminosistema, termin, semantika, leksik birlik, maxsus leksika, polisemiya, polifunksionallik.

Mualliflar

Ushbu maqolada huquqshunoslikka oid terminlarning semantik xususiyatlari uning umumiste’mol birliklari yoki baynalmilal birliklar orqali maxsus ma’no ifodalashi orqali tahlil qilinadi. Maqolada deskriptiv, semantik-pragmatik, struktur tahlil metodlari qo‘llanilib, yurisprudensiya sohasiga oid terminologik birliklarning mazmuniy xususiyatlari tasviriy, tavsifiy tahlil qilindi, turli meyoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘llanishiga ko‘ra mazmuni tadqiq etildi.