TILNING FONEMIK TIZIMIDA INTERFERENSIYA OMILLARI

Fonema, artikulyatsiya, akustik, perseptiv, fonologik, morfonologik, fonostilistik, grafemik, orfografik, orfoepik.

Mualliflar

  • Nasir RADJABOV O‘zbekiston Resp. Oriental universiteti professori v.b., filologiya fanlari doktori , Uzbekistan

Maqola "Tilning fonemik tizimida interferensiya omillari" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda fonemalar interferensiyaning turli omillari va ularning fonemik tizimga ta'siri chuqur tahlil qilingan. Maqolada fonemaning artikulyatsion-akustik, perseptiv, fonologik, morfonologik, fonostilistik, grafemik, orfografik va orfoepik jihatlari alohida tahlil qilingan. Shunigdek, maqolada yuqorida qayd etilgan har bir jihatning talaffuzdagi o‘ziga xos ahamiyati, ularning interferensiya tarzida namoyon bo‘lishi batafsil yoritilgan. Fonemaning turli jihatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nazariy jihatdan asosli misollar bilan izohlangan. Maqola so‘nggida, turli tillarning tovush tizimiga xos fonemalarning artikulyatsion-akustik, perseptiv, fonologik, morfonologik, fonostilistik, grafemik, orfografik va orfoepik jihatlaridagi o‘ziga xosliklar tilning fonemik tizimida uchraydigan asosiy interferensiya omillari bo‘lib, ular talaffuzning mukammal bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb xulosa qilingan.