XVII ASRNING IKKINCHI YARMI-XVIII ASRNING O‘RTALARIGACHA BO‘LGAN DAVRDA BUXORO XONLIGIDA XALQ QO‘ZG‘OLONLARI

Zarafshon vodiysi, Miyonqol mavzesi, “ikkinchi sohibqiron”, qurama, tog‘li Badaxshon, muarrix, qozoqlar, qoraqalpoqlar, siyosiy tarqoqlik, yuz urug‘i, Hisor qo‘zg‘oloni, pul islohoti, parvonachi, Kofirxon, qizilboshlar

Mualliflar

Ushbu maqolada XVII asrning ikkinchi yarmi – XVIII asrning o‘rtalariga qadar Buxoro xonligida sodir bo‘lgan xalq qo‘zg‘olonlari tahlil qilingan. Xususan, mazkur davrda qo‘zg‘olonlarning asosiy omillari sifatida soliqlar yukining ortishi, mahalliy amaldorlarning zo‘ravonligi, qurg‘oqchilik va o‘zaro urushlarning kuchayishi natijasida xalq turmush darajasining keskin pasayib ketganligi ko‘rsatiladi. Tadqiqotda qo‘zg‘olonlarning keng qamrovli tus olgani va ba’zi hollarda yirik qabilalar sardorlari tomonidan siyosiy vosita sifatida ishlatilganligini ko‘rish mumkin.