LINGVISTIKADA QO‘SHMA OTLARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI

Qo‘shma otlar, murakkablash, murakkab, texnologik rivojlanish.

Mualliflar

Qo‘shma otlar linvistikaning muhim sohalaridan biridir, chunki ular tillarning tuzilishi, ma’nosi va rivojlanishini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, qo‘shma ot kamida ikkita birlashtirilgan so‘zdan iborat bo‘lib, bu esa yangi leksik elementni hosil qiladi va turli tillardagi so‘z yasash va semantik rivojlanishning asosiy qurilmasidir. Ushbu tadqiqot qo‘shma otni uchta o‘lchov - morfologik, sintaktik va semantik jihatdan tilshunoslikdagi shakl sifatida o‘rganadi. Bu qo‘shma otlarning turli tillardagi ishlashini tushunishni oshiradi va natijada til murakkabligi, kognitiv jarayonlar va hatto madaniy nuanslar bo‘yicha yanada chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishga olib keladi. Shuningdek, qo‘shma otlarni o‘rganish tillarning o‘zgarishi va moslashuvi, ijtimoiy va texnologik rivojlanish bilan bog‘liq hplatlarni aniq ko‘rsatadi