QADIMGI DINIY E’TIQODLARDA AYOL SIYMOSI
##submission.downloads##
Turon hududi Markaziy Osiyo va unga tutash mintaqalarni qamrab olgan keng makon sifatida, insoniyat tarixining muhim chorrahalaridan birida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi davrlardan to hozirgi kunga qadar turli xalqlarning o‘zaro ta’siri va madaniy almashinuvi maydoni vazifasini o‘tab kelmoqda. Shuni alohida taʼkidlash joizki, ayol kultlari qadimgi jamiyatlarning diniy qarashlarida markaziy o‘rinlarni egallash bilan birgalikda ularning ijtimoiy-maʼnaviy tuzilishiga ham jiddiy taʼsir ko‘rsatish orqali, insonlar hayotida muhim va ko‘p qirrali rollardan birini o‘ynagan. Ana shu jihatlardan kelib chiqqan holda, mazkur maqolada ushbu hududdagi xalqlarning ayol siymosiga bo‘lgan qarashlarining ildizlarini etnografik jihatdan ochib berishga harakat qilindi. Paleolit davri qoldiqlari orasidagi ayol haykalchalari, keyingi o‘rinda fetishizm, animizm, shamanizm kabi dinning ilk kurtaklari va shu bilan birgalikda zardushtiylik, buddaviylik, islom dinida ayol siymosiga bo‘lgan qarashlar tahlil qilindi.
1. Аширов А. Ўзбек халқи анъанавий турмуш тарзида қадимий диний эътиқодлар. Тошкент. 2008. Дисс. 248 б
2. Ешов Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқарув тарихи. Тошкент: Фан, 2012. 203-б.
3. Пугаченкова Г.А. Искусство Средней Азии. Москва: Искусство, 1980. с. 203
4. Roberts S. Ellvud. The encyclopediya of world Religions. New York. 2007. 181 p
5. Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. Тошкент: Ўқитувчи, 1996. 98-б. 6. Сухарева О. Мать и ребёнок у народов Средней Азии. В кн.: Семья и семейные обряды у народов Средней Азии и Казакҳстана. Москва: Наука, 1978. с. 182.
7. Асқаров А. Қадимги Турон энеолит, бронза ва илк темир даври цивилилизациялар тарихидан лавҳалар. Тошкент. Фан. 2023. 4 b.
8. Е.Станбекович. Кыргыздардагы Умай эненин культу: тарыхый салыштырмалуу иликтөөлөр. Бишкек. 2023. Дисс. 31 с
9. Кароматов Ҳ. Ўзбекистонда мозий эътиқодлар тарихи. Тошкент. 2008. 304 б
10. Токарев С. Ранние формы религии. Москва. Политиздат, 1990. 553 стр.
11. https://en.wikipedia.org/wiki/Nana_(Bactrian_goddess)#Nana_as_a_warlike_goddess
Mulkiiyat (c) 2025 O‘zMU xabarlari

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)






