ZAMONAVIY O‘G‘IRLIK JINOYATLARI: KOMPYUTER VOSITALARI ORQALI SODIR ETILADIGAN HOLATLARNING JINOYAT-HUQUQIY TAHLILI

Kompyuter vositalari, mulkiy jinoyatlar, O‘zbekiston Respublikasi, Jinoyat kodeksi, o‘g‘irlik, zamonaviy jinoyatlar, huquqiy tahlil, raqamli texnologiyalar, internet jinoyatlari, xalqaro tajriba, huquqiy me’yorlar.

Mualliflar

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida kompyuter vositalari orqali sodir etiladigan mulkiy jinoyatlar, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qism “b” bandida belgilangan zamonaviy o‘g‘irlik holatlari tahlil qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalar va internet orqali amalga oshirilgan o‘g‘irliklar, shu jumladan, kiberjinoyatlar va ularning oldini olish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonning huquqiy me’yorlari, shuningdek, xalqaro tajriba asosida, ushbu jinoyatlarni aniqlash, ularni jazolash va oldini olish tizimlari o‘rganiladi. Maqola kompyuter texnologiyalari orqali sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishda huquqiy tartibni takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflar va yondashuvlarni taqdim etadi.