ИССЛЕДОВАНИЕ КОГНИТИВНОГО КОМПОНЕНТА ОТНОШЕНИЯ ЛИЧНОСТИ К СМЕРТИ

O‘limga munosabat, kognitiv komponent, hayotni anglash, refleksiya, hayot mazmuni, ijtimoiy tasavvurlar, ijtimoiy va madaniy omillar.

Mualliflar

  • Мариэтта КАРАМЯН Национальный университет Узбекистана профессор кафедры психологии, доктор психологических наук , Uzbekistan
  • Никита БОЧКАРЕВ, Национальный университет Узбекистана Студент магистратуры 2 курса , Uzbekistan

Maqolada «o‘limga munosabat» va «o‘limga munosabatning kognitiv komponenti» tushunchalari tahlil qilingan. Adabiyotlarda o‘lim haqidagi tasavvurlarni shaxsning diniy, ateistik qarashlari, u mansub bo‘lgan madaniyat turi va uning ijtimoiy-psixologik moslashuvi xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqishga urg‘u berilganligi ta’kidlanadi. Yetuklik davrida o‘limga munosabatning kognitiv komponentini o‘rganish natijalari ochib berilgan. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida G.Fayfelning tanatologiyasi, P.Vongning ma’noni boshqarish va o‘limni qabul qilish konsepsiyasi, J.Grinberg, Sh.Solomon va T.Pijinskilarning o‘lim qo‘rquvini boshqarish nazariyasi olingan. Tadqiqot ishtirokchilarining o‘limni tushunish haqidagi savolga bergan javoblarining kontent-tahlili shuni ko‘rsatdiki, u quyidagi kategoriyalar orqali tushuniladi: «boshqa dunyoga o‘tish», «hayotning tugashi», «diniy asoslar», «og‘riq va azobuqubatlardan xalos bo‘lish».