JADAL VA BARQAROR TARAQQIYOTNI TA’MINLASHNING XALQARO TAJRIBALARI

Inson salohiyati, iqtisodiy rivojlanish, xalqaro tajriba, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, innovatsiyalar, mehnat bozori, ijtimoiy taraqqiyot, strategik rejalashtirish.

Mualliflar

  • Nasiba KULBEKOVA Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i, PhD , Uzbekistan

Ushbu maqolada inson salohiyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga samarali erishish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Dunyoning yetakchi mamlakatlarida inson salohiyatini rivojlantirish, jumladan, sifatli ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash xizmatlarining takomillashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi va mehnat bozorining moslashuvchanligi kabi omillar o‘rganiladi. Ushbu omillarning jadal va barqaror taraqqiyotga ta’siri keng muhokama qilinib, ularning uzoq muddatli natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston sharoitida inson kapitaliga oid aniq ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘z boradi.