ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA AN’ANALAR SATHIDAGI SINTEZ

Badiiy sintez, an’ana, folklor, folklor sintezi, folklorizmlar, sintezlashgan folklorizmlar, etnografik folklorizm, an’anaviy obrazlar, she’r

Mualliflar

Maqolada istiqlol davri o‘zbek she’riyatida an’analar sathidagi sintezning o‘ziga xos xususiyatlarini ochiqlash, milliylikni, xalqchillikni ta’minlashdagi, davr muammolarini yoritishdagi ahamiyatini ko‘rsatish maqsad qilingan. Shu maqsaddan kelib chiqib maqolada etnofolkloristik, germenevtik, struktural tahlil metodlaridan foydalanilgan holda istiqlol davrida yaratilgan she’rlar tahlil qilindi va an’analar sathidagi sintezning namoyon bo‘lish usullari yoritildi, etnografik folklorizmlar etnomadaniy kontekstni yoritish vositasi ekanligi asoslandi.