BAKTERIYALARNING FITOPATOGEN ZAMBURUG‘LARGA NISBATAN ANTIFUNGAL FAOLLIGI

Bakteriya, antifungal faollik, Ochrobactrum intermedium, Lysinibacillus sphaericus, Bacillus sp.

Mualliflar

Fitopatogen zamburug‘larga qarshi mikrobiologik kurash – zamburug‘lar keltirib chiqaradigan o‘simlik kasalliklarini nazorat qilishning ekologik toza usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada tuproq namunalaridan bakteriyalar ajratib olish, ularning xususiyatlarini o‘rganish hamda ayrim fitopatogen zamburug‘larga nisbatan antifungal xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Ajratilgan mikroorganizmlardan Lysinibacillus sphaericus, Ochrobactrum intermedium va Bacillus sp. lar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun xavfli bo‘lgan Fusarium solani, Alternaria sp., Verticillium dahlia kabi fitopatogen zamburug‘larga nisbatan yuqori antoganistik faollik namoyon qildi

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##