BOBOTOG` MILLIY TABIAT BOG`INING QORAKUYA ZAMBURUG`LARI

Ustilago, Urocystis, Tranzcheliella, Antracoidea, Tilletia, Sphacelotheca, sorus xo`jayin o`simlik.

Mualliflar

Ushbu maqolada Bobotag Milliy tabiat bog‘ida uchraydigan 12 turga mansub qorakuya zamburug‘lari haqida ma’lumot keltirilgan. Ularni xo‘jayin o‘simliklari kesimida tarqalishi tahlil qilinganda 5 oilaga mansub 13 turdagi yuksak o‘simliklarda parazitlik qilishi aniqlandi. Poaceae oilasi qorakuya zamburug‘lari eng ko‘p tarqalgan yetakchi oila sifatida qayd etildi. Ustilago passerinii Bobotog‘ tizmasi uchun, Urocystis ixioliri turi esa Surxondaryo viloyati hududi uchun ilk bor qayd etildi.