QALIN BARGLI BADAN (BERGENIA CRASSIFOLIA (L.) FRITSCH) NING TOSHKENT SHAROITIDA ILDIZPOYALARI ORQALI KO‘PAYISHI VA BARG MIKROSKOPIYASI

vegetatsiya, ildizpoya, generativ faza, fenologik kuzatuvlar, anatomiya, barg, barg bandi, assimilyatsiyalovchi organ, Bergenia crassifolia

Mualliflar

  • Mavluda YULCHIYEVA Toshkent farmatsevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi , Uzbekistan
  • Feruza DUSMURATOVA Toshkent farmatsevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi , Uzbekistan

Ildizpoyalari orqali vegetativ ko‘paytirilayotgan Bergenia crassifolia (L.) ning birinchi va ikkinchi yilgi vegetatsiyasi, o‘sishi va rivojlanishi kuzatildi. Introduktsiya sharoitida o‘simlikning yer ustki qismi va yer ostki qismi (ildizpoyalari) ning biomorfologiyasi va rivojlanish fazalari o‘rganildi. Toshkent sharoitida o‘stirilayotgan mazkur o‘simlikning assimilyatsiyalovchi organi (bargi) ning anatomik tuzilishi o‘rganilgan bo‘lib, diagnostik va moslashgan strukturaviy belgilar aniqlangan.