MANG‘IT GRANIT-PEGMATIT KONINING NOYOB METALL MA’DANLASHUV ISTIQBOLLARINI BAHOLASH MEZONLARI, GEOKIMYOSI VA MINERALOGIYASI

Kon, magmatitlar, niobiy, tantal, kolumbit, litofil elementlar, minerallar, ma’dan, labaratoriya sinovlari.

Mualliflar

Mang‘it koni – G‘arbiy Markaziy Osiyo mintaqasida biz tomondan ochilgan birinchi litofil-nodirmetalli albit ma’danlarining pegmatitli zonasi. Ma’danlar aniq zonalligi, ko‘p bosqichli mineralogiyasi, metasomatik va geokimyoviy (vertikal va gorizontal) zonalliklari, eroziya kesimining past darajasi bilan ajralib turadi. Mang‘it koni ma’danlarini texnologik sinovdan o‘tkazish natijasida berill, litiy va tantalli-niobiyli sanoat konsentratlari ajralib chiqdi va ulardan birinchi marta Ta-Nb metall shakllari olindi. Noyob metall ma’danlarining yuqori texnologikligi, shuningdek, maydonning yuqori infratuzilmasi bugungi kunda uni sanoat miqyosida o‘zlashtirish uchun (ichki va tashqi investorlar) topshirish bo‘yicha tavsiyalarning asosini tashkil etadi.