XITOZAN BILAN MODIFIKATSIYALANGAN UGLEROD PASTALI ELEKTROD BILAN QO‘RG‘OSHIN MIQDORINI ANIQLASH

inversion-voltamperometriya, mikroelement, Pb(II), xitozan, Apis Mellifera, modifikatsiyalangan uglerod pastali elektrod.

Mualliflar

Yurtimizda qish faslida o‘ta sovuq ob-havo asalarilar nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi va atrof-muhitga tashlab yuboriladi. Apis mellifera jonsiz asalari asosida olingan xitozan (AmCS) ekologik jihatdan oqilona yechim hisoblanadi, chunki bu jarayon chiqindilarni qayta ishlashga yordam beradi. Ushbu maqolada suvda Pb(II) ionlarini inversion-voltamperometrik usulda mahalliy xomashyo hisoblangan AmCS bilan modifikatsiyalangan uglerod pastali sensor tayyorlash va elektrokimyoviy qo‘llash keltirilgan. Eksperimental parametrlar, fon elektrolitining ta’siri, pH ta’sir, elektrod yuzasiga to‘planish vaqti o‘rganildi. Eng yaxshi natija 60% (m/m) grafit kukuni, 20% (m/m) xitozan va 20% (m/m) mineral moydan iborat tarkibli elektrod, pH 6,5 da, 0,1 mol/l NaNO3 fon elektroliti, Pb(II) konsentratsiya potensiali -430 mV, vaqt 120 sekund bilan kuzatildi. Taklif qilingan sensor orqali suv namunasi tahlil qilindi betaraf usullar bilan solishtirildi.