XITOZAN VA MOCHEVINA ASOSIDA UGLEROD NUQTALARINI SINTEZ QILISH

xitozan, mochevina, gidrotermal metod, uglerod nuqtalari, TEM, nano o‘lchagich.

Mualliflar

Uglerod nuqtalar (CDs) lyuminestsent uglerod nanomateriallarining so‘nggi vakillaridan biridir. Ularning yuqori eruvchanligi va barqarorligi, biotexnologik mosligi va past toksikligi tufayli uglerod nuqtalar tadqiqotchilarning e’tiborini tortmoqda. Sensorlar, fotokataliz, korroziya ingibitorlari va quyosh panellari kabi turli sohalardagi qo‘llanilishi ularni iqtisodiy va texnologik jihatdan muhim qiladi. Ushbu tadqiqotda uglerod nuqtalari xitozan va mochevinadan gidrotermal metod orqali sintez qilindi. Sintez jarayoniga pH, vaqti va haroratning ta’siri o‘rganildi. Zarralar o‘lchami NKT-N9 Nano zarralar o‘lchagichi va transmissiya elektron mikroskopiyasi (TEM) yordamida batafsil tahlil qilindi.