MIXAIL BULGAKOVNING “USTA VA MARGARITA” ROMANIDA HUKMRONLIK VA ERKINLIK KATEGORIYASI

Bulgakov, Usta va Margarita, hukmronlik, erkinlik, Voland, Pontiy Pilat, Iyeshu, Usta, Margarita, falsafa, totalitarizm, axloqiy tanlov, ichki erkinlik, metafizika, badiiy olam

Mualliflar

Maqolada Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romanida hukmronlik va erkinlik kategoriyalari, ularning falsafiy tushuncha sifatida asarning ikki parallel syujet chizig‘ida qanday ifodalangani tahlil qilingan. Tadqiqot geremenevtik, semiotik va falsafiy-madaniy yondashuvlarga asoslanadi, ayniqsa, Voland obrazi orqali ifodalangan hukmronlikning metafizik tabiati, shuningdek, qahramonlarning sevgi va fidoyilik orqali namoyon bo‘lgan ma’naviy erkinligiga alohida e’tibor qaratilgan. Tahlil natijasida roman badiiy tizimida hukmronlik siyosiy tushunchaga tenglashtirilmaydi, erkinlik esa tashqi mustaqillik bilan cheklanmaydi, ular ma’naviy va mavjudlik kategoriyalari sifatida talqin etiladi.