MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV ASARLARIDA TILSHUNOSLIK MASALALARINING YORITILISHI

Uzbek Jadid writer, linguistic issues, Jadid school, language policy.

Mualliflar

Maqolada o‘zbek jadid adibi, milliy universitet ta’sischisi, filolog olim va publisist Munavvarqori Abdurashidxonov asarlarida aks etgan tilshunoslik masalalari yoritilgan. XX asr boshlarida Turkustonda til siyosati, o‘zbek tilinng o‘qitilishi bilan bog‘liq nazariy va amaliy muomolar muallifning “Ibtidoiy maktablarda davlat tili”, “Inqilobga qadar Turkiston maktablari” maqolalarida aks etgan bo‘lib, Munavvarqori Abdurashidxonov jadid ma’rifatparvar adibi sifatida bu masalalarga munosabat bildirgan. “Adibi avval”, “Adibi soniy” kabi darslklari tarkibida berilgan tilshunoslik sohasiga doir fikrlar, mashqlar tahlilga tortilgan. “O‘zbekcha til saboqlig‘i” jamoviy o‘quv qo‘llanmasining adib qalamiga mansub qismi tahlil etilib, unda yoritilgan masalalar Fitratnng tilshunoslikka oid asarlari bilan qiyoslangan