DOSTOEVSKIYNING “TELBA” ROMANINING INGLIZ TILIGA TARJIMASIDA SEMANTIK O‘ZGARISHLAR

Dostoevskiy, “Telba”, tarjima, semantika, semantik siljish, tarjima nazariyasi, madaniy tafovut, ingliz tili, qiyosiy tahlil, leksik transformatsiya.

Mualliflar

Mazkur maqola Fyodor Dostoevskiyning “Telba” romanining ingliz tiliga tarjimalarida yuzaga keladigan semantik o‘zgarishlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida tarjima jarayonida yuz beradigan leksik-semantik siljishlar, stilistik transformatsiyalar va madaniy konnotatsiyalarning o‘zgarishi ko‘rib chiqilgan. Qiyosiy-tahliliy metod asosida original ruscha matn va uning mashhur inglizcha tarjimalari o‘rganilib, tarjimonning talqini, madaniy kompetensiyasi va estetik qarashlarining semantik mazmunga ta’siri aniqlangan. Maqola tarjima nazariyasi, adabiyotshunoslik va madaniyatlararo kommunikatsiya kontekstida Dostoevskiy asarining tarjimada qanday talqin qilinishini ochib beradi.