TALABALARDA RO‘ZA DAVRIDA OVQATLANISHNING KOGNITIV FUNKSIYALAR BILAN BOG‘LIQ XUSUSIYATLARI

Ro‘za, biokimyoviy ko‘rsatkich, ruhiy holat, xotira, diqqat, ko‘ruv-motor reaksiya, kognitiv funksiyalar, amaldagi ovqatlanish, kunlik ratsion.

Mualliflar

Maqola talabalarda ro‘za davridagi ovqatlanish holatining ayrim kognitiv funksiyalarga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Bunda biologiya yo‘nalishi 1-2 bosqich talabalarining ro‘za davrida makronutriyentlar bilan ta’minlanishi hamda ularda xotira hajmi, diqqatning ko‘chiruvchanligi, ko‘ruv-motor reaksiya tezligi aniqlangan. Olingan natijalarga binoan, tekshiriluvchilarda ro‘zaning kognitiv funksiyalarga jiddiy ta’siri aniqlanmadi. Kuzatilgan asosiy o‘zgarishlar ro‘za tutishning boshlang‘ich davriga nisbatan oxirgi haftalari hamda ro‘zadan keyingi davrlarga tegishli. Bunda statistik jihatdan ishonarli o‘zgarishlar xotira hamda diqqatning ayrim parametrlarida kuzatildi. Tekshiriluvchilarda ovqatlanish bilan bog‘liq natijalar bu borada jiddiy o‘zgarishlar yo‘qligini ko‘rsatdi. Bunda faqat yigitlarda ro‘zaning o‘rtasida ro‘zadan oldingi bosqichga nisbatan ishonarli o‘zgarish mavjud