FITOPATOGEN ZAMBURUG‘LARGA QARSHI BACILLUS AVLODIGA MANSUB FAOL ANTAGONIST SHTAMMLARNI TANLASH

Bacillus, antagonizm, zamburug‘, fitopatogen, Fusarium solani, Aspergillus flaus, Verticillium dahliae, Alternaria alternata, B. subtilis, B. pumilus

Mualliflar

  • Dinara RAJABOVA, O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, Uzbekistan
  • Nodira AZIMOVA, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, PhD, laboratoriya mudiri, Uzbekistan
  • Husnida ROXATALIEVA O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, Uzbekistan
  • Husniddin KARIMOV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, PhD, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda o‘simliklarda kasallik keltirib chiqaruvchi, kuchli fitopatogenlardan hisoblangan Fusarium solani 915, Aspergillus flaus 1/15, Verticillium dahliae 936 va Alternaria alternata 879 zamburug’ shtammlariga nisbatan Bacillus avlodiga mansub bakteriya shtammlarining antagonistlik xususiyatlari o‘rganildi va eng faol antagonistlar tanlandi. B. subtilis 1/16 ning A. flaus 1/15 va F. solani 915 ga nisbatan 39 mm, A.alternata 879 ga nisbatan 37 mm, B. paramycoides 1/15 shtammining V. dahliae 936 ga nisbatan 40 mm o‘sishini ingibirlovchi zonalar hosil qilishi aniqlandi.