Tabiiy fanlar

QORATOG‘ VA TO‘PALANG DARYOLARIDA TARQALGAN PARACOBITIS LONGICAUDA (KESSLER, 1872) MORFOLOGIK O‘ZGARUVCHANLIK XUSUSIYATLARINING QIYOSIY TAHLILI

yalangbaliq, endemik tur, Paracobitis, morfologiya, Styudent mezoni, Amudaryo havzasi

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston janubiy hududlari suv havzalarida dominant tur sifatida tarqalgan Orol havzasi endemigi – Sharq tojli yalangbaliq Paracobitis longicauda (Kessler, 1872) ning morfologik o‘zgaruvchanlik xususiyatlari tadqiq etildi. Bunda Qoratog‘ va To‘palang daryolaridan yig‘ilgan baliq namunalarining morfometrik o‘lchamlari Styudent mezoni bo‘yicha tahlil etilganda, 36 belgisidan 28 tasida farqlar kuzatilmadi, qolgan 8 ta belgisida 1% ahamiyatlilik darajasida ishonchli ravishda farqlar borligi ma’lum bo‘ldi.