Tabiiy fanlar

AMUDARYO HAVZASI DARYOLARI SUV TO’PLASH MAYDONLARINING MORFOMETRIK KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH UCHUN F = f(L) BOG‘LANISHLARINI TUZISH

morfometrik ko‘rsatkichlar, bog‘lanish, daryo uzunligi, to‘plash maydoni, relyef, iqlimiy omillar, gidrologik omillar, geomorfologik omillar

Mualliflar

  • Наил САГДЕЕВ, Ст. преподаватель Национального университета Узбекистана, Uzbekistan
  • Фарида АРТИКОВА, к.г.н., доцент Национального университета Узбекистана,, Uzbekistan
  • Жанат ХАМЗАЕВА, Ст. преподаватель Национального университета Узбекистана, Uzbekistan

Maqolada Amudaryo havzasi daryolari uchun dala sharoitida bo‘lmagan morfometrik ko‘rsatkichlarni aniqlashning oddiy sxemasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Dala tadqiqotlari olib borilganda, turli maqsadlar uchun kutilmagan holatlar tufayli, ayniqsa kichik daryolar va soylarning morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash zarurati tug‘iladi. Rossiya, xorijiy va O‘zbekiston olimlari tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, olingan barcha bog‘lanishlar mintaqaviy xarakterga ega ekanligi va F = k*Lb tenglamasi bilan tavsiflanishi aniqlandi. k va b koeffitsientlari qiymatlaridagi katta farqlarga e’tibor qaratilib, ularga tushuntirish berildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Amudaryo havzasiga kiruvchi turli havzalar uchun 23 ta bog‘lanishlar tuzildi.