Tabiiy fanlar

TOG‘-KON SANOAT CHIQINDILARINING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI MONITORING QILISH (ANGREN OLTIN BOYITISH ZAVODI CHIQINDILARI MISOLIDA)

texnogen chiqindilar, monitoring, ekologik xavf, atrof-muhit, biogeokimyoviy sikl, og‘ir metallar, kimyoviy ifloslanish, margumush (As), selen (Se)

Mualliflar

  • Nosir SHUKUROV H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i, PhD, Uzbekistan
  • Anzor MAHAMMATOV, O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada texnogen chiqindilarning atrof-muhitga ta’sirini monitoring qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida Angren oltin boyitish zavodi chiqindilarining tarkibidagi og‘ir metallar ta’sirida o‘simlik va tuproqning ifloslanish darajasi baholandi. Bioindikatsiya usuli yordamida ekologik monitoring o‘tkazilib, fitoremediatsiya orqali og‘ir metallarning biogeokimyoviy aylanishga ta’siri o‘rganildi. Zavod faoliyatidan kelib chiqadigan ekologik xavflarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.