Tabiiy fanlar

O’RTACHA HAVO HARORATINING TREND TAHLILI: O’ZBЕKISTONNING SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA

Iqlim o‘zgarishi, Surxondaryo, Mann-Kendall testi, Sen’s slope estimator, IDW, Interpolyatsiya

Mualliflar

  • Navruz ESHBOEV, PhD student, "Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers" National Research University, Uzbekistan
  • Nozimbek NOSIROV, PhD student, Research Institute of Environmental and Nature Conservation Technologies, Uzbekistan
  • Mukhayokhon ABDULLAEVA, Senior Lecturer, Department of Geophysics and Hydrogeology, National University of Uzbekistan, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda Surxondaryo viloyatidagi 5 ta meteorologik stansiyada o‘rtacha oylik harorat o‘zgarishlari Mann-Kendall trend testi va keskin o‘zgarish nuqtalari Mann-Kendall usuli yordamida aniqlangan. Boysun stansiyasida iyul oyida eng sezilarli o‘sish kuzatilib, Z = 4.40 (p < 0.001) va Sen’s qiyaligi Q = 0.134 bo‘ldi. Iyun oyida ham ijobiy trend qayd etildi (Z = 2.31, p < 0.05, Q = 0.060). Denovda iyul oyida harorat ortib (Z = 2.56, p < 0.05, Q = 0.075), oktyabrda esa kamaygan (Z = -2.54, p < 0.05, Q = -0.154). Termizda iyul oyida sezilarli o‘zgarish qayd etildi (Z = 3.73, p < 0.01, Q = 0.11). Sherobodda sentabr oyida (Z = 2.71, Q = 0.10), Shurchida esa iyun (Z = 2.26, Q = 0.07) va iyul (Z = 3.01, Q = 0.07) oylarida muhim o‘zgarishlar kuzatildi.