Tabiiy fanlar

ANILIN-XLOROFORM ERITMALARIDA MOLEKULARARO TA’SIRLARNI O‘RGANISH

anilin, Raman, H-bog’lanish, DFT hisoblash, topologik analizlar.

Mualliflar

Ushbu ishda tajriba (Raman spektroskopiyasi) va hisoblashlar yordamida anilinning chloroform eritmalaridagi tebranish polosalalari tahlil qilinganda N-H valent tebranish polosasida qisman qizil va qolganpolosalarida ko‘k siljish kuzatildi. Molekulyar sistemalardagi nokovalent o‘zaro ta'sirlarni, aniqlash uchun AIM, NCI va RDG analizlari o‘tkazildi, shunga ko‘ra anilin-chloform komplekslarida N-H guruhi orqali kuchsiz H-bog‘lanishlar mavjudligi tufayli qisman qizil siljish hosil bo‘lishi tasdiqlandi. C-H guruhi orqali esa asosan Van der Waals bog‘lanishlar hosil bo‘lishi va shu tufayli ko‘k siljishlar kuzatilishi aniqlandi. Shuningdek keltirilgan komplekslar uchun molecular electrostatic potentials surface (MEPS), chegara molekulyar orbitallari (FMO) analizlari o‘tkazildi.