Tabiiy fanlar

GAMMA RANGLI SHISHALAR SINTEZI VA ULARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI

vitraj, shaffof, rangli shisha, zichlik, nur sindirish ko‘rsatkichi, xrom, marganes, temir, nikel, ittriy, seriy, neodim, erbiy.

Mualliflar

  • Xidir ADINAYEV Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dotsenti, k.f.d , Uzbekistan

Uch komponentli sistema asosida quyidagi tarkibida Cr2O3, Mn2O3, Fe2O3, Ni2O3 Y2O3, Ce2O3, Nd2O3 va Er2O3 bo‘lgan shaffof va rangli shishalar sintez qilingan. Olingan shisha namunalarining fizik-kimyoviy xossalari, jumladan IQ spektri yordamida nurni o‘tkazish qobiliyati o‘rganilgan. Shisha omuxtalari differensial-termik usulida va shisha namunalari esa elektron mikroskopik usulida tahlil qilingan. Sintez qilingan rangli shishalarni badiiy panno va vitrajlar ishlab chiqishga foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatilgan.