Tabiiy fanlar

DISPERSE RED 1 BOʻYOGʻINING SOVUQ ATMOSFERIK PLAZMA YORDAMIDA PARCHALANISH MEXANIZMINI DFTB+ SIMULYATSIYALARI ASOSIDA TADQIQ QILISH

SAP, chiqindi suvlarni tozalash, organik ifloslantiruvchilar, parchalanish, disperse red 1 organik boʻyoq molekulasi, kislorod radikallari, DFTB+ simulyatsiyasi

Mualliflar

  • Namunaxon NABIYEVA, Davronjon ABDUVOXIDOV TIIAME Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instTIIAME Milliy tadqiqot universiteti Fizika va kimyo kafedrasi, Stajyor-o'qituvchi ituti tayanch doktoranti, , Uzbekistan
  • Tohir AKRAMOV Maksudbek YUSUPOV Oʻzbekiston Milliy universiteti Nazariy fizika kafedrasi, TIIAME Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, laboratoriya mudiri , Uzbekistan
  • Jamoliddin RAZZOKOV TIIAME Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, direktor , Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda sovuq atmosferik plazmasi (SAP) texnologiyasining chiqindi suvlarni tozalashdagi samaradorligi oʻrganildi. SAP organik ifloslantiruvchilarni parchalashda samarali va istiqbolli usul sifatida tanilgan. Tadqiqotda, SAP sharoitida Disperse red 1 boʻyoq ifloslantiruvchisining parchalanish mexanizmi, kislorod radikallari yordamida zichlik funktsional mustahkam bogʻlash (DFTB+) simulyatsiyalari yordamida oʻrganildi. Maqolada simulyatsiya metodologiyasi va parametrlarining batafsil tavsifi berilgan boʻlib, SAP taʼsirida boʻyoqning degradatsiya jarayoni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, molekulyar darajadagi oʻzaro taʼsirlarni va jarayonning asosiy mexanizmlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada keltirilgan natijalar, chiqindi suvlarni tozalash uchun barqaror optimallashtirilgan tizimlarni ishlab chiqishda va SAP texnologiyasini parchalanish strategiyalarini rivojlantirishda DFTB+ simulyatsiyalarining samaradorligini koʻrsatadi.